<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Oʻz jonimdan kechayin Q57</title>
<lyrics>[V1]
 Oʻz jonimdan kechayin Rabbim Sen uchun,
 Taqdir suvi ichayin Rabbim Sen uchun.
 // Bu dunyodan kechayin Rabbim Sen uchun,
 Yuragimni ochayin Rabbim Sen uchun. //

[C1]
   // Sen uchun,Sen uchun,
   Yuragimni ochayin Rabbim Sen uchun.
   Yuragimni ochayin Rabbim Sen uchun. //

[V2]
 Ota oʻz jonimdan kechishni oʻrgat,
 Taqdirim tugunlarin yechishni oʻrgat.
 // Hayotim nazaringda bichishni oʻrgat,
 Qalbimni bor eshigi ochishni oʻrgat. //

[V3]
 Zulmatda qolgan edim yoʻlim yoritding,
 Kulfatda qolgan edim dilim yoritding.
 Azobda oʻlgan edim,qayta tirilding,
 Jannat sari umidni Sen hadya etding.
 Yigʻlayotgan chogʻimda kulishni oʻrgat,
 Har gunohning oldida oʻlishni oʻrgat.
 // Qildek tor yoʻllaringdan yurishni oʻrgat,
 Oʻzing bilan bir umr boʻlishni oʻrgat. //</lyrics>
<hymn_number>57</hymn_number>
</song>